Ukraina özining mustaqil pravoslav çerkovini taşkil etdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Pyotr Poroşenko e'lon qildi. 

“Bu (Vladimir) Putinsiz çerkov. Bu (patriarx) Kirillsiz çerkov. Bu ukrainaliklarni öldirayotgan Rossiya hukumati va Rossiya qöşinlari uçun duo qilinmaydigan çerkov. Ammo bu çerkov Xudo va Ukraina bilan!”, deya Poroşenkoning sözlaridan iqtibos keltirdi “112” telekanali.

39 yoşli mitropolit Yepifaniy çerkov rahbari etib saylandi hamda Kiyev va butun Ukraina mitropoliti maqomini oldi.

Rossiya pravoslav çerkovi Ukrainada Moskvadan mustaqil çerkov taşkil etilişiga qarşi çiqib kelayotgandi.