«Ayaks» himoyaçisi Matteys de Ligt «Golden Boy» sovrini sohibi böldi.
Niderlandiyalik iste'dod egasi sörovnomada «Liverpul» himoyaçisi Trent Aleksandr-Arnold, «Milan» hujumçisi Patrik Kutrone, «Roma» yarimhimoyaçisi Jastin Klyuyvert va «Real» yarimhimoyaçisi Vinisius Juniordan köproq ovoz töplaşga muvaffaq bölgan.
19 yoşli de Ligt 2016 yilda «Ayaks»da debyut qilgan. Jamoa sardori hisoblanuvçi futbolçi Erediviziyaning uşbu mavsumida 15ta öyinda qatnaşib, 2+1 mahsuldorlik natijasiga erişdi. Matteysga «Barselona» klubi jiddiy qiziqayotgani haqida xabarlar bor.
De Ligt sovrinni bugun Turinda qabul qilib oladi.
Ma'lumot uçun, «Golden Boy» Yevropa çempionatlarida töp suruvçi 21 yoşgaça bölgan futbolçilarga topşiriladi. Sovrin Italiyaning Tuttosport gazetasi tomonidan 2003 yilda ta'sis etilgan bölib, ğolib The Times (Angliya), France Football (Fransiya), Mundo Deportivo (Ispaniya), Bild (Germaniya), A Bola (Portugaliya) kabi naşrlarda faoliyat yurituvçi jurnalistlar bergan ovozlarga köra aniqlanadi.
Bu safargi ovoz beriş jarayonida turli mamlakatlardan bölgan 30dan ziyod jurnalistlar iştirok etgan.
Mukofot 2017 yilda «PSJ» hujumçisi Kilian Mbappega topşirilgan edi.
Matthijs de Ligt joins the Golden Boy club 🇳🇱⭐ pic.twitter.com/yvquAfDhAs
— B/R Football (@brfootball) 17 dekabrya 2018 g.











