Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Oliy va örta maxsus ta'lim tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining oliy va örta maxsus ta'lim tizimini tubdan takomillaştiriş töğrisidagi taklifi ma'qullanişi mumkin.

2019 yil 1 yanvardan:

Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining Kasb-hunar ta'limi markazi tugatilişi va uning böşayotgan ştat birliklari Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligiga ötkazilişi mumkin.

Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tugatilayotgan Markazning barça huquqlari, aktivlari, majburiyatlari va şartnomalari böyiça huquqiy vorisi hisoblanadi.

Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda Markaz xodimlarini iş bilan ta'minlaş yuklatiladi.

Markazining Kasb-hunar ta'limi tizimini innovatsion rivojlantiriş, pedagog kadrlarning malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş instituti, Metrologik nazorat xizmati, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar kasb-hunar ta'limi hududiy boşqarmalari hamda tasarrufidagi kasb-hunar kollejlari Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining idoraviy böysunuviga ötkaziladi.