O‘zbekistonda qator oliy ta'lim muassasalari o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkaziladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Oliy va o‘rta maxsus ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklarining 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab tajriba tariqasida ta'lim xizmatlari bozorida yo‘nalishlari va mutaxassisliklarga talab yuqoriligini va moliyaviy barqarorligini inobatga olib, bir qator oliy ta'lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish bo‘yicha takliflariga rozilik berilishi mumkin.
O‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tayotgan oliy ta'lim muassasalariga quyidagilarni mustaqil belgilash huquqi beriladi:
ta'lim jarayoniga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, ko‘rsatiladigan ta'lim xizmatlari sifatini oshirish maqsadida xodimlarga ustamalar, qo‘shimchalar hamda moddiy rag‘batlantirishning boshqa turlari miqdorlarini belgilash;
iqtidorli talabalarga, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan bo‘lgan talabalarga nisbatan moddiy rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash choralarini qo‘llash;
barcha mablag‘larini saqlash xarajatlariga, qo‘yilgan vazifa va majburiyatlarni amalga oshirishga, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, o‘qitishning innovatsion shakl va uslublarini joriy qilishga hamda xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga sarflash;
oliy ta'lim muassasasi infratuzilmasiga servis xizmatlari ko‘rsatishning alohida turlari, jumladan, bino va inshootlar, talabalar turar joylari, sport obektlari ekspluatatsiyasi, ularni tozalash, ta'mirlash, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya tarmoqlarini saqlash va yuridik xizmatlari ko‘rsatishni xususiy boshqaruvga (autsorsing usuli bo‘yicha) berish;
bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idora bilan kelishilgan holda oliy ta'lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati hamda uning moddiy-texnik bazasi imkoniyatlarini inobatga olgan holda talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishning har yillik qabul ko‘rsatkichlari hamda yangi ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar ochilishini belgilash;
bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini oliy ta'lim muassasasini o‘zini-o‘zi to‘liq moliyaviy ta'minlash miqdorida belgilash.
Tavsiya etamiz
Coca-Cola tarkibida xlorat ko‘p bo‘lgani uchun Yevropadagi mahsulotlarini qaytarib oldi
Jahon | 17:25 / 28.01.2025
AQShda yuk tashish inqirozi tugadimi?
Jahon | 16:03 / 28.01.2025
Kolumbiya prezidenti muhojirlarni quvayotgan AQShga: «Ularga jinoyatchidek muomala qilmang»
Jahon | 23:24 / 27.01.2025
Sun’iy intellekt yetakchilari – Davosda. Ular nimalar deyishdi?
Fan-texnika | 19:09 / 27.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2024 yilda aholidan 12 mlrd so‘mlik “yashil” energiya sotib olindi
O‘zbekiston | 09:11
-
Ukrainaning Slovakiyadagi elchisiga norozilik notasi topshirildi
Jahon | 09:05
-
American University of Technology AQShda o‘qish imkoniyati ko‘zda tutilgan magistratura dasturini yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 09:00
-
Vashingtonda samolyot vertolyot bilan to‘qnashib ketganidan so‘ng daryoga quladi
Jahon | 08:41
Mavzuga oid
12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
11:18 / 27.11.2024
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024