Marsoxod atrofni oq-qora navigatsiya kameralari yordamida suratga olgan. Birinçi panorama 2026-yil 30-avgustda, Marsning mahalliy vaqti bilan soat 09:56 da - Curiosity missiyasining 5000-solida olingan. «Sol» Marsdagi bir sutkani anglatadi.
Ikkinçi panorama esa 2-sentabrda soat 17:39 da, missiyaning 5003-solida tasvirga tuşirilgan.
Ikki panorama Yerga uzatilgaç, mutaxassislar ularni yagona tasvirga birlaştirgan. Natijada Marsdan yuborilgan öziga xos «otkritka» paydo bölgan.
Kök va sariq ranglar qayerdan kelgan?
Panoramadagi ranglar kamera qayd etgan tabiiy ranglar emas. Ular manzarani badiiy talqin qiliş va turli vaqtlarda olingan tasvirlarni ajratiş uçun keyinçalik qöşilgan.
Kök rang ertalab olingan panoramani, sariq esa kunning ikkinçi yarmidagi tasvirni ifodalaydi. Curiosity suratlaridan bunday «otkritkalar» avval ham tayyorlangan.
Tasvirda marsoxodning özi ham körinadi
Panoramaning old qismida Curiosity va uning bir qator jihozlari aks etgan. Ular orasida silindrsimon UHF antennasi bor. U Mars orbitasidagi kosmik apparatlarga maʼlumot uzatiş uçun xizmat qiladi.
Marsoxodning orqa qismida qovurğasimon elementlarga ega MMRTG radioizotopli termoelektr generatori ham körinadi. U Curiosity'ni sayyora yuzasida işlaş uçun zarur elektr energiyasi bilan taʼminlaydi.
Curiosity hozir qayerda?
Marsoxod Geyl krateri tubidan taxminan beş kilometr balandlikka kötarilgan Şarp toğining quyi yonbağirlarini örganmoqda.
Yangi panorama toğ yonbağridan pastga - krater tubi tomon yönaltirilgan. Geyl kraterining uzoqdagi çekkasi esa ufqda zörğa körinadi.

















