The Bell naşri rossiyalik biznesmenlar Andrey Kostin, Viktor Vekselberg va Oleg Deripaska Davosda bölib ötadigan Jahon iqtisodiy forumiga qanday şartlar asosida kelişlari mumkinligini yozdi.
Şartlar röyxati beş banddan iborat. Birinçi şartga köra, milliarderlar tomonidan forum bilan boğliq heç bir tölov AQŞ banklari orqali ötkazilmasligi kerak.
Bundan taşqari, ular Amerika tomoni taşkil etgan birorta ham tadbirda qatnaşa olişmaydi, Amerika bulutli xizmat va serverlardan foydalanişmaydi hamda AQŞ fuqarolari bilan muloqot qilişmaydi.
Forum taşkilotçilari şuningdek, yuqorida nomlari tilga olingan rossiyaliklarga muloqotlar yoki biznes-uçraşuvlar taşkil etişda yordam bermaydi.
Avvalroq Rossiya hukumati delegatsiyasi 22-25 yanvar kunlari bölib ötadigan forumda qatnaşişi ma'lum bölgandi. Taşkilotçilar sanksiyaga tuşgan rossiyalik biznesmenlarga nisbatan çeklovlarni olib taşlagani xabar qilingandi.












