Ta'lim tizimidagi qator xodimlar ish haqiga ustamalar to‘lanadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Oliy va o‘rta maxsus ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin:
2019 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) (yoki unga tenglashtirilgan xorijiy davlatlar) ilmiy darajalariga ega xodimlariga 30 foiz, fan doktori (Dostor of Science) (yoki unga tenglashtirilgan xorijiy davlatlar) ilmiy darajasiga ega xodimlariga 35 foiz oylik ish haqiga ustamalar Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan to‘lab berish;
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziriga markaziy apparat xodimlariga Vazirlikning Oliy ta'lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:
oliy va o‘rta maxsus ta'lim tizimida xizmat qilgan umumiy ish staji uchun lavozim maoshiga quyidagi miqdorlarda oylik ustamalar to‘lash:
3 yildan 5 yilgacha – 10 foiz; 5 yildan 10 yilgacha – 20 foiz; 10 yildan 20 yilgacha – 30 foiz; 20 yildan ortiq – 40 foiz;
xizmat vazifalarini to‘liq va o‘z vaqtida bajarib kelayotgan xodimlarga lavozim maoshining 200 foizi miqdorigacha oylik ustamalar belgilash huquqini berish.
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziriga:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining Kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari, boshqa idoraviy mansub tashkilotlarining rahbarlarini tayinlash;
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish maqsadida Oliy ta'lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan davlat organlari va tashkilotlari, loyiha institutlari, fan-ta'lim muassasalari, ishlab chiqaruvchi korxonalar shuningdek, oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta'limi sohasida yetakchi xalqaro va xorijiy kompaniyalar mutaxassis va ekspertlarini konsultantlar sifatida ishga jalb etish va ularning mehnatiga haq to‘lash va boshqa to‘lovlari miqdorlarini shartnoma asosida mustaqil belgilash huquqi beriladi.
Tavsiya etamiz
Coca-Cola tarkibida xlorat ko‘p bo‘lgani uchun Yevropadagi mahsulotlarini qaytarib oldi
Jahon | 17:25 / 28.01.2025
AQShda yuk tashish inqirozi tugadimi?
Jahon | 16:03 / 28.01.2025
Kolumbiya prezidenti muhojirlarni quvayotgan AQShga: «Ularga jinoyatchidek muomala qilmang»
Jahon | 23:24 / 27.01.2025
Sun’iy intellekt yetakchilari – Davosda. Ular nimalar deyishdi?
Fan-texnika | 19:09 / 27.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vashingtonda samolyot vertolyot bilan to‘qnashib ketganidan so‘ng daryoga quladi
Jahon | 08:41
-
Tramp Hamas hujumini qo‘llab-quvvatlagan talabalarni deportatsiya qilmoqchi
Jahon | 08:12
-
30 sotix yerni 705 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 08:00
-
YeChL. «Siti» irodali g‘alaba bilan o‘tish bosqichiga yo‘l oldi, «Real» va «Bavariya» ham qo‘shimcha pley-offda o‘ynaydi
Sport | 03:00
Mavzuga oid
12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
11:18 / 27.11.2024
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024