Bugun, 17-dekabr kuni Şveytsariyaning Non şahrida Çempionlar Ligasi nimçorakfinal bosqiçi uçun qur'a taşlaş marosimi ötkazildi.
Qur'adan avval jamoalar ikkita savatçaga ajratildi. Birinçi savatga guruh ğoliblari, ikkinçi savatdan guruhda ikkinçi örinni olgan jamoalar örin olişdi.
Qur'a natijalariga köra, amaldagi çempion «Real»ga nisbatan osonroq raqib - «Ayaks» tuşdi, amaldagi finalçi «Liverpul» esa «Bavariya» bilan kuç sinaşadi. Qayd etiş kerakki, bu uşbu ikki jamoaning YeÇL tarixida ilk marta özaro töqnaşişidir. Yana bir şunday juftlik esa «Mançester Yunayted» va «PSJ» klublaridan iborat. Turnir favoritlaridan biri - Lionel Messi boşçiligidagi «Barselona» «Lion»ni sinovdan ötkazadi, Ronaldu boşçiligidagi «Yuventus» çorak finalga çiqiş uçun «Atletiko» bilan bellaşadi.
Qur'a natijalari:
«Şalke-04» — «Mançester Siti»
«Atletiko» — «Yuventus»
«Mançester Yunayted» — «Pari Sen-Jyermen»
«Tottenhem Hotspur» — «Borussiya» (Dortmund)
«Lion» — «Barselona»
«Roma» — «Portu»
«Ayaks» — «Real»
«Liverpul» — «Bavariya»
Çempionlar ligasida 1/8 finalning dastlabki uçraşuvlari 12, 13, 19 va 20-fevral kunlarida ötkaziladi. Javob uçraşuvlari 5, 6, 12 va 13-mart kunlariga belgilangan. Guruh ğoliblari birinçi öyinni safarda, javob öyinini öz maydonida ötkazişadi.
15-mart kuni Yevropaning eng kuçli 8 jamoasi 1/4 final uçun qur'ada navbatdagi raqiblarini bilib olişadi.
Çempionlar Ligasi finali 2019-yil 1-iyun kuni Madriddagi «Vanda Metropolitano» stadionida ötkaziladi.













