Kanadadagi Dayavik konida oğirligi 552 qirot (110,4 gramm) keladigan olmos topildi. Bu haqda Dominion Diamond Mines kompaniyasi xabarida ma'lum qilingan. Bu olmos Şimoliy Amerika hududida topilgan eng katta olmos böldi.  

Ma'lum qilinişiça, qimmatbaho toş oktabrda Qutb doirasidan 217 km janubroqda topilgan. Dayavik dunyoda olmos qazib oluvçi eng yirik kompaniya – Dominion’ning ikkita konidan biri hisoblanadi.

Topilgan olmos Şimoliy Amerikada 2015 yilda topilgan rekord darajadagi olmosdan ança yirikroq bölib, ölçami böyiça tovuq tuxumidek keladi. 

Ta'kidlanişiça, topilgan olmos şu körinişida sotilmaydi. Dastlab uni olimlar örganişadi. Keyin esa yuqori malakali mutaxassislar olmosni bölaklarga bölib, sayqal berişadi. Olmosning bozor qiymatini hozirça baholaşning imkoni bölmagan.

Tarixda topilgan eng katta olmos “Kullinan” bölib, uning oğirligi 3106 qirotni taşkil qilgan. Qimmatbaho toş 1905 yil 25 yanvarda Janubiy Afrika Respublikasida, Tomas Kullinanga tegişli konda topilgan.