Ispaniya çempionatining 16-turida «Barselona» «Levante»ni 5:0 hisobida mağlub etgan edi.
La Liga rasmiy tvitterida ma'lum qilinişiça, Messi yakşanba kuni Primeradagi 323-ğalabasini qölga kiritgan. U çempionatdagi yutuqli öyinlar soni böyiça klub rekordçisi – Xavidan (322) özib ketgan.
Eslatib ötamiz, har ikkala futbolçi ham «Barselona» tarbiyalanuvçilari sanaladi. Xavi 1998-2015 yillarda kök-anorrang libosda töp surgan, ayni paytda esa Qatarning «Al-Sadd» klubida öynayapti.
31 yoşli Messi esa La Ligada 2004 yil 16 oktabr kuni debyut qilgan. U – 572ta gol muallifi – «Barsa» tarixidagi eng yaxşi töpurardir. Bu borada eng yaqin ta'qibçisi – Sesar Rodriges undan ikki barobardan ham kamroq – 232ta gol urgan.












