O‘zbekiston | 10:42 / 18.12.2018
56390
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda import qilingan avtomobillarni sotib olganlik uchun yangi stavkalar joriy etiladi

Foto: Getty Images

2019 yildan boshlab O‘zbekistonda ba'zi turdagi yengil avtomobillarga bojxona bojlari qo‘llashning yangi tartibi joriy etiladi, deb xabar bermoqda «Kommersant».

O‘zgarishlar ishlab chiqarilgan sanasidan bojxona rasmiylashtiruvi paytida ikki yildan o‘tmagan, qiymati 40 ming dollar va undan yuqori bo‘lgan mashinalarga tegishli bo‘ladi. Bunday avtomobillarga bojxona bojlari pasaytirilgan stavkalar bilan qo‘llaniladi.

Ushbu mashinalarga import boji qo‘llanilmaydi. Faqat 20 foiz miqdorida aksiz solig‘i va 20 foizlik miqdorda QQSni to‘lash kerak bo‘ladi. Bojxona to‘lovlarining umumiy stavkasi olib kirilgan avtomobil qiymatidan 44 foizni tashkil etadi.

Qiymati 40 ming dollardan kam bo‘lgan boshqa olib kiriluvchi avtomobillarga bojxona bojlari stavkasi o‘zgarishsiz qoldi. 

Mavzuga oid