Köpinça ota-onalar farzandlarining kun tartibiga amal qila olişmaydi, şuning uçun ham undan voz keçadilar. Psixologlarning aytişiça, taym-menejment bolalarning rivojlanişi uçun juda muhim jarayon. Uning yordamida farzandlarimiz hordiq va iş örtasidagi çegarani belgilaşni örganadilar.
Bugun ota-onalarning köpçiligi tartibga qarşi çiqişmoqda. Ularning bu boradagi fikrlari quyidagiça:
- yoş bolalarga taym-menejment kerak emas;
- kun tartibi – ötmiş sarqiti;
- kun tartibiga amal qiliş juda muşkul;
- taym-menejment – bolada ijodiy salohiyatning rivojlanişiga xalaqit qiladi.
Biroq bu fikrlarga qaramay, kun tartibi bolalar uçun zarur. Ayniqsa bugun ular öyin va turli gadjyetlarga köp vaqt sarflayotgan bir paytda. Bolalar qança vaqtni öyinga va qançasini dam oliş uçun sarflaşni tuşunmaydilar. Aniq tartib ana şu çegaralarni belgilaşda yordam beradi.
Taym-menejmentning ijobiy tomonlari
- Bola barça işlarni öz vaqtida bajarişga odatlanadi – uyğoniş, tişlarni tozalaş, ovqatlaniş, sayrga çiqiş, öynaş, uxlaş;
- immunitet mustahkamlanadi;
- bolalar boğçasi va maktabga örganiş yengillaşadi;
- bola ança tartibli böladi.
Şunday qilib, taym-menejment – foydali narsa. Farzandingizni tartibga örgatişga harakat qiling va tez orada uning ijobiy natijasiga özingiz guvoh bölasiz.












