Yaponiya hukumati kelgusi 10 yil uçun yangi aviataşuvçilar yaratişni öz içiga olgan mudofaa strategiyasini işlab çiqdi va tasdiqladi. Bu haqda Kyodo agentligi hujjatga tayangan holda xabar bermoqda.
Strategiyaga muvofiq, «Idzumo» sinfidagi eskadrilya mina taşuvçi-vertolyot taşuvçilar yangi aviataşuvçi kreyserlar uçun asos bölib xizmat qiladi. Rejaga köra, ularda Amerikaning F-35 qiruvçilari hamda vertikal qönişi mumkin bölgan F-35B eng yangi samolyotlari joylaştiriladi.
Şuningdek, hujjatda aytilişiça, Yaponiya hukumati AQŞ, Xitoy, Rossiya va KXDRning xatti-harakatlari tufayli flotni mustahkamlaşga qaror qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yaponiya Xitoyga qarşi kuraşda AQŞni qöllab-quvvatlagani xabar berilgandi.

















