Bugun, 19 dekabr kuni Xalqaro press klubning huquq-tartibot organlari iştirokida ötkazilgan sessiyasida iştirok etgan Özbekiston Boş prokurori örinbosari Erkin Törayeviç Yöldoşev Özbekiston Birinçi Prezidentining qizi, korrupsiya işida ayblanib qamalgan Gulnora Karimova haqidagi savolga javob qaytardi.

«Bu şaxs Özbekiston Respublikasi hududida sodir etgan jinoyatlari uçun sud tomonidan muayyan jazolarga hukm qilingan. U ayni vaqtda sud tomonidan qonunda belgilangan tartibda tayinlangan jazoni ötamoqda. Jazo Özbekiston hududida ötalmoqda. Ta'kidlab aytaman, kim bölişidan qat'i nazar, Özbekiston Respublikasining barça fuqarolari qonun oldida barobar. Bu şaxsga nisbatan ham şu prinsip amal qilmoqda», — deya prokuror örinbosari sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Dekabr oyi boşida Gulnora Karimovaning öğli, ayni vaqtda Buyuk Britaniya poytaxti London şahrida istiqomat qilayotgan kiçik Islom Karimov onasi Gulnora Karimova jamoatçilik işlarida iştirok etişga qaytiş niyatidaligi haqida ma'lumot bergandi.

«Mamlakatimizning yangi rahbariyati taşabbusi bilan köplab yangi loyihalar amalga oşirilmoqda va ular Özbekistonga yaxşiroq kelajakni ta'minlaydigan qudratli asosni qurişga imkoniyat beradi. Şuning uçun onam moliyaviy va jismoniy tomondan qölidan kelganiça mamlakatdagi yangi özgarişlarni qöllab-quvvatlaşga qaror qildi», — deya yozgandi u Instagram’dagi sahifasida.

Islom Karimovning yozişiça, onasi umri davomida nimaiki yiqqan bölsa, buni özi uçun qilmagan; onasi Özbekistondagi jarayonlarga «moliyaviy va jismoniy» yordam berişga va'da bergan. «Onamning ta'kidlaşiça, özgarişlar bugun boşlanişi kerak — biz har doim uzoq kelajakni kutib yaşay olmaymiz», — deb qöşimça qilgan Islom Karimov.

Eslatib ötamiz, 2017 yilning yozida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasining Uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraşiş boşqarmasi Gulnora Karimovaga nisbatan ikkita jinoyat işi qözğatilgani haqida ma'lum qilgandi.

Unga köra, Karimova 2015 yilning avgustida jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyati sudi tomonidan bir qator jinoyatlarda aybdor deb topilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Yana bir jinoyat işi böyiça tergov davom etmoqda. U öziga qöyilayotgan barça ayblovlarni rad qilgan.