Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuqumli bölmagan kasalliklarning profilaktikasini, soğlom turmuş tarzini qöllab-quvvatlaş va aholining jismoniy faolligi darajasini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Prezident qaroriga köra, şunday tartib örnatilişi belgilanmoqdaki, unga muvofiq davlat organlari va taşkilotlarida:
- iş kuni davomida işlab çiqariş gimnastikasi maşqlari;
- haftasiga kamida bir marotaba xodimlarning jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda (yuguriş, suziş, futbol, voleybol, basketbol, tennis va boşqalarda) iştirok etişini nazarda tutadigan “Salomatlik kuni”;
- muntazam ravişda xodimlar orasida ommaviylaşgan sport turlari böyiça sport musobaqalari va boşqa jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar ötkazib borilişi amaliyotga joriy etiladi.
Davlat organlari va taşkilotlari texnologiya, işlab çiqariş va iş şaroitlaridan kelib çiqib, xodimlariga işlab çiqariş gimnastikasi maşqlarini bajarişi uçun iş vaqtiga kiritiladigan maxsus tanaffuslarni belgilanadi.
Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:
a) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
- işlab çiqariş gimnastikasining namunaviy maşqlar kompleksini;
- transportda qatnaş jihatidan qulayligi va masofani inobatga olgan holda korxonalar, taşkilotlar va muassasalar xodimlariga şuğullaniş uçun tavsiya etiladigan sport inşootlari röyxatini işlab çiqadi va tasdiqlaydi;
b) Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan birgalikda 2019 yilning 1 apreliga qadar tuman (şaharlar) böyiça zonalarga bölib hamda iş faoliyatining tavsiflari, maşğulotlarning narxi, iş vaqti va boşqa ma'lumotlarni keltirib ötgan holda, sport inşootlarining yagona bazasini yaratsin hamda Internet tarmoğiga joylaştirilişini ta'minlaydi.












