Hongkongda millioner şaharning eng noçor tumanlaridan birida odamlar ustidan pullar soçdi va bu qilmişi uçun hibsga olindi. 

Voqea 15 dekabrda yuz bergan. 24 yoşli mahalliy biznesmen, Coin Young Master (Tangalar ustasi) taxallusi bilan ma'lum bölgan Von Çxin Kxit osmonöpar binolardan birining tomidan 100 million Hongkong dollariga (12,7 mln dollar) teng miqdordagi minglab banknotalarni soçib yubordi. Odamlar şu zahotiyoq pullarni yiğişga tuşib ketişgan va natijada ur-yiqit yuzaga kelgan.

Von “noçorlarga yordam beriş uçun boylarni talaşini” va “odamlarga bitkoinlar haqida aytişga majburligini” aytgan. Politsiya Vonni jamoat tartibini buzişda ayblab, hibsga olgan. Odamlardan yiğgan pullarini politsiya bölimiga olib borişlari söralgan.

Mahalliy OAV dastlab uşbu aksiyani bitkoin-millioner uyuştirganini ma'lum qilgan, biroq bu ma'lumotlarni Hongkong bitkoin-uyuşmasi prezidenti Leonard Viz inkor etgan.

 “U bitkoin-millioner emas, balki moliyaviy piramidaning egasi”, deb aytgan Viz. 

2012 yilda Von telefonlar öğirlaşda ayblanib, hibsga olingan. Öşanda u suziş böyiça murabbiy bölib işlagan. 2017 yilda esa u mijozlarni oltinga pul tikişga köndirib, keyin ularning pullari bilan ğoyib böluvçi firibgarlarga aloqadorlikda gumon qilingan. Von, şuningdek, mijozlariga kiritgan pullaridan kamida 4 marça köproq pul va'da qiluvçi moliyaviy piramida egasi hisoblanadi. Oxirgi vaqtda Von bitkoinlar mayningiga möljallangan qurilmalarni reklama qiliş bilan şuğullanib kelgan.