Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuqumli bölmagan kasalliklarning profilaktikasini, soğlom turmuş tarzini qöllab-quvvatlaş va aholining jismoniy faolligi darajasini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019yilning 1 dekabriga qadar keng doirada ötkaziladigan jamoatçilik muhokamalari natijasida alkogol va tamaki mahsulotlar iste'molini çeklaş böyiça, şuningdek, quyidagilarni öz içiga oluvçi qöşimça çora-tadbirlarni qabul qilişi belgilanmoqda.
- Alkogol mahsuloti idişining yorliğida hamda tamaki mahsulotining qutisida (örovida) tibbiy ogohlantirişlarni joylaştiriş uçun asosiy maydon ölçamini kengaytiriş;
- tamaki mahsuloti qutisida (örovida) matnli yozuv va rasm tarzidagi tibbiy ogohlantirişlarni joylaştiriş;
- alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi qoidalariga rioya etilişi ustidan nazorat olib boruvçi organlarni hamda şunday nazoratni olib borişning mexanizmlarini aniqlaştiriş;
- jamoat joylari va transportning belgilanmagan joylarida alkogol va tamaki mahsulotlar iste'moli uçun javobgarlikni kuçaytiriş;
- jamoat joylarda va transportning belgilanmagan joylarida alkogol va tamaki mahsulotlari iste'molini çeklaş maqsadida vakolatli şaxslar tomonidan (korxona, taşkilot, muassasalarning ma'muriyatlari, şu jumladan, jamoat joylarida joylaşgan inşoot, bino (imorat), boşqa obektlar hamda transport vositalarining egalari) çoralar körilmagani uçun javobgarlikni belgilaş.












