Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 18 dekabr kuni zamonaviy kadrlarga bölgan ehtiyojni töldiriş, bilimli yoşlarni strategik sohalarga jalb etiş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.
Keyingi yillarda ta'lim tizimini takomillaştiriş, zamonaviy kadrlar tayyorlaşga qaratilgan qator işlar amalga oşirildi. Prezident qarori bilan 2017-2021 yillarda Oliy ta'lim tizimini kompleks rivojlantiriş dasturi qabul qilindi. Joriy yilda mamlakatimizda 13ta yangi oliy ta'lim muassasasi, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari taşkil etildi. Fanlar akademiyasi va Innovatsion rivojlaniş vazirligi tomonidan yuqori malakali kadrlar tayyorlaş işlari boşlandi.
Albatta, bunday e'tibor yaqin kelajakda öz samarasini beradi. Lekin barça sohalarda jadal islohotlar olib borilayotgan bir paytda şu sur'atga mos ilğor kadrlar mamlakatimizga bugun kerak.
Hozirgi tizimli özgarişlar jarayonida aksariyat mutaxassislarning bunga tayyor emasligi, ularning bilimi, malakasi va könikmasi zamon talabiga javob bermasligi ayon bölib qoldi.
Masalan, xorijda doktorantura va magistraturada öqitiş, malaka oşiriş va stajirovkani taşkil qiliş böyiça dastlabki ehtiyoj 3,5 mingdan ortiq. Yurtimizda xalqaro ilmiy va amaliy tajriba ega 600 nafardan ziyod vatandoşlarimizga ehtiyoj mavjud. 1000 nafarga yaqin xorijiy olimlar va ekspertlarni jalb etişga talab bor.
Ya'ni, bugun keçiktirib bölmaydigan, oddiy ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bölgan ehtiyoj 5 mingdan ziyodni taşkil etadi. Agar işlab çiqarişdagi talab ham inobatga olinsa bu raqam kamida 50-100 baravarga oşadi.
«Bu hali bugungi ehtiyoj. Yaqin va uzoq istiqboldagi iqtisodiy rivojlaniş nuqtai nazaridan bizga qaysi soha uçun qanday mutaxassis kerak böladi? Şuni hozirdan çuqur öylaşimiz, zamon talabi, islohotlar şiddatiga mos kadrlarni tarbiyalaşimiz kerak. Bu masala bizning kelajagimiz, bizning ertangi kunimiz», – deya Şavkat Mirziyoyevning sözlarini keltirdi prezident matbuot xizmati.
Davlat rahbarining joriy yil 25 sentyabrdagi farmoniga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlaş va vatandoşlar bilan muloqot qiliş böyiça «El-yurt umidi» jamğarmasi taşkil etilgan edi.
Jamğarma oldiga özbekistonlik iqtidorli yoşlarni doktorantura va magistratura dasturlari böyiça öqitiş, turli soha mutaxassislarining malakasini oşiriş va stajirovkasini taşkil etiş, xorijdagi vatandoşlar bilan doimiy muloqot örnatiş, ularni mamlakatimizda bölayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga jalb qiliş, çet eldagi universitetlar va ilmiy markazlar bilan hamkorlikda yuqori malakali kadrlarni tayyorlaşga qömak beriş vazifalari qöyilgan.












