Işlab çiqariş maydonlaridan foydalaniş samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisidagi 2018 yil 4 sentyabrdagi prezident qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
“Huquqiy axborot” kanalining yozişiça, kiritilgan özgartirişlarga muvofiq, endilikda quyidagi ta'sir çoralari foydalanilmayotgan obektlarning xususiy mulkdorlariga, yuridik şaxslar bilan bir qatorda jismoniy şaxslarga ham qöllaniladi:
soddalaştirilgan soliqqa tortiş tartibidan soliqlar va boşqa majburiy tölovlarni umumbelgilangan tartibda tölaşga ötkaziş;
mol-mulk va yer soliqlarini ikki karra miqdorda tölaş, 6 oydan söng – beş karra, 12 oydan söng va keyinçalik – örnatilgan stavkaga nisbatan ön karra miqdorda tölaşga ötkaziş;
taqdim etilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalar amal qilişini töxtatiş. Ilgari bu ta'sir çoralari faqat yuridik şaxslarga qöllanilgan, jismoniy şaxslar esa nazarda tutilmagan.












