Bugun, 19 dekabr kuni «Taraqqiyot» strategiyasi markazida «Özbekenergo» AJ rahbariyati va yetakçi mutaxassislari iştirokida «2018 yilda iste'molçilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlaş borasidagi faoliyat: erişilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar» mavzusida matbuot anjumani taşkil etildi.
«Özbekenergo» AJ Boşqaruv raisi Uluğbek Mustafoyev boşçiligidagi bu anjuman oçiq muloqot tarzida ötkazildi. Rais bunday anjumanlarda köp kuzatilgan savollarga javob berişda aniqlikdan qoçiş va umumiy balandparvoz gaplar uslubidan voz keçib, yiğilganlar bilan oddiy va xalqona tilda muloqot qildi.
«Tizimdagi muammolar yetarli, ammo ularni yeçiş böyiça ança işlar ham amalga oşirilmoqda. Hanuz aholi jon boşiga elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi 1991 yildagidan kamroq. Holbuki, bugungi kunda aholi turmuş darajasi ortib, har bir xonadonda elektr ta'minotida işlovçi maişiy texnikalar soni köpaygan.
Qolaversa, yalpi içki mahsulot yiliga 6-7 foiz ortişi uçun elektr energiyasi işlab çiqariş kamida 10 foiz ortib borişi kerak. Hozirgi kunda «Özbekenergo» AJ işlab çiqariş korxonalari tomonidan 12,5 ming megavatt elektr energiyasi işlab çiqarilmoqda. 2030 yilga kelib bu körsatkiçni 20-22 ming megavattga yetkaziş dasturi qabul qilingan», deya Mustafoyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

















