Uçuvçilar parvozning nozik bosqiçlari – uçiş va qöniş vaqtida ularga samolyotni boşqarişda xalaqit qilişi mumkin bölgan köplab harakatlardan tiyilişlari kerak. Aynan şu sababli, misol uçun, ular yölovçilarga qöniş haqida yarim soat avval e'lon qiladilar. 

Uçuvçilar fuqarolik aviatsiyasining me'yori hisoblangan steril kokpit (kabina) qoidasiga amal qilişlari, ya'ni parvozning muayyan bosqiçlarida bajariş şart bölmagan harakatlarga çalğimasliklari lozim. Jumladan, ularga qöniş vaqtida yoki 10 ming futdan (3048 metr) pastroq balandlikda bajariladigan har qanday operatsiyada parvoz bilan boğliq bölmagan mavzularda suhbatlaşiş, ovqatlaniş yoki musiqa eşitiş taqiqlanadi.   

Steril kokpit qoidasi kabinadagi intizomsizlik sababli halokat bilan yakunlangan bir qator voqealardan keyin kiritilgan. Uşbu voqealar tergov qilingaç, uçuvçilar qöniş vaqtida öz majburiyatlaridan çalğiganlari aniqlangan.

Bu qoida bortkuzatuvçilarga ham taaluqli bölib, ular steril kokpit vaqtida juda zarur bölgan holatlardan taşqari, uçuvçilar bilan boğlanmasliklari kerak. Styuardessalar bunday vaqtda yölovçilarni uçiş va qönişga tayyorlaş bilan maşğul bölişlari lozim.