Uçuvçilar yölovçilarga turbulentlik oqibatlari, terakt, bortdagi tozalaş işlarining sifati haqida bor haqiqatni aytmasliklarini tan olişdi.
Misol uçun, uçuvçilar aeroportni payqaş osonmasligini tan olişgan. “Ba'zida bu la'nati aeroportni pastda köp çiroq bölgani sababli topiş oson emas”, deb aytgan uçuvçilardan biri.
Uçuvçi Ron Vagnerning aytişiça, u heç qaçon yölovçilarga turbulentlik qançalik xavfli ekanini tuşuntirib ötirmaydi. U şunçaki hamkasblari kabi parvoz vaqtida kursilarda kamarlar boğlangan holda ötirişni qat'iyan tavsiya qiladi. “Agar siz, albatta, şiftga urilişni istamasangiz, çunki turbulentlik istalgan vaqtda boşlanişi mumkin”, deb aytgan uçuvçi.
Air China uçuvçisi Veriks Linning ta'kidlaşiça, terrorçi unga bortda bomba borligini aytib tahdid qila boşlasa, u heç qaçon yölovçilarga bu haqda aytmaydi. “Siz bir guruh yölovçilar sarosimaga tuşişlarini, qolgan qismi esa özini aqlli deb hisoblab, portlovçi qurilmani mustaqil zararsizlantirişga urinib körişini aniq istamaysiz. Ehtimol körqib ketib, parvoz vaqtida favqulodda çiqiş eşigini oçişga urinib köradigan yölovçilar ham topilişi mumkin”, deb ta'kidlab ötgan uçuvçi.
Uçuvçi Endi Kerr yölovçilarga ular uçadigan samolyotning yoşi haqida heç narsa demaydi. “Biz uçayotgan samolyot 1968 yilda qurilgani haqida gapirmayman”, deydi uçuvçi.
Rendall Kammings esa yölovçilardan parvozlar örtasidagi tanaffuslarda tozalaş işlariga kam vaqt ajratilişini yaşiradi. “Ba'zida vaqt şunçalik kam böladiki, tozalovçilar çiqindilarni yiğiştirib, quloqçin va adyollarni olib ketişadi, xolos. Yiğiluvçi stolik va boşqa sirtlar dezinfeksiya qilinmaydi. Hojatxona ham tegişliça tozalanmaydi”, deydi Kammings.
Yana bir uçuvçi Styuart Landauning ta'kidlaşiça, u yölovçilar bilan noqulay muloqot qilişdan qoçadi. “Men biror xato yoki ahmoqona iş qilsam, yölovçilar bundan xabar topmaydilar. Aytilişi lozim bölmagan ba'zi narsalar bor”, deb aytadi uçuvçi.












