Ayni paytda köplab havo yöllari kompaniyalarida ayol uçuvçilar sanoqli. Rossiyaning PJSC va Dubayning Emirate havo kompaniyalari bu borada gender böşliğini yöqotişga harakat qilayotganiga qaramay, ularda ham hanuz bu holat unçalik özgargani yöq, deb yozadi Bloomberg naşri.

Sayohat platformasi hisoblangan FromAtoBning ma'lumotlariga qaraganda, Qatar havo yöllari va Yangi Zelandiyaning Finnair Oyj va Jetconnect kompaniyalarida ayol uçuvçilar soni eng kam hisoblanadi.

Bundan taşqari, hatto eng köp ayol uçuvçisi bor deya qayd etilgan havo yöllari kompaniyalarida ham 90 foiz erkak uçuvçilar xizmat qilayotgani töğrisidagi statistika ham ma'lum qilindi.

«Taxminiy ming nafar samolyot boşqaruvçilar orasida bor-yöği 30 nafar ayollar bor. Ayni paytda bu raqamni oşiriş uçun harakat qilmoqdamiz», deydi Finnair kompaniyasining ayol spekeri Paivyt Tallqvist.

Uning qöşimça qilişiça, işga oliş dasturlarini köpaytiriş orqali Finnair`da ayollar uluşi oşib bormoqda.

Izlanişlar Finnair`da işga olingan 4 ming 200 nafar uçuvçining 58 nafari ayollar ekanligini körsatmoqda.

Rossiya havo yöllarining asosiy qismida 68 nafar ayol uçuvçi bölib, ularning 48 nafari orqa liniyada turuvçi şaxslar, 9 nafari esa kapitan bilan bir qatorda işlovçilar, qolganlar tezlik bilan şuğullanişadi.

Emirate kompaniyasi uzoq masofalarga reyslar uyuştiruvçi eng yirik kompaniyalaridan biri bölib, uçuvçilarni işga oliş borasida ham alohida tajriba talab qiladi. Aksiga olib bu kompaniyaga hujjat topşiruvçilar orasida erkak nomzodlar foizi ança yuqori.

Mideast kompaniyasi öz tarkibidagi mavjud 99 ayol uçuvçining uçdan bir qismini ötgan 2 yil içida işga olinganini ma'lum qildi.

Global miqyosda olinadigan bölsa, örtaça uçuvçilarning 5.2 foizini ayollar taşkil qilmoqda. Aytiş mumkinki, bu sohada ularning juda kamçilik faoliyat yuritişi uçuvçilik uçun jismoniy jihatdan ham ança kuçli böliş talab qilinişi bilan boğliq bölişi mumkin.