2019 yilda Toshkentga qancha investitsiya kiritilishi ma'lum qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Steel property construction” qo‘shma korxonasining ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘zdan kechirdi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Bir nechta sexlardan iborat bu korxona Yashnobod tumanidagi sobiq aviatsiya zavodiga qarashli foydalanilmay yotgan binolarda ish boshlagan. Xorijdan texnologiyalar olib kelinib, bozorbop mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
«Dacros» korxonasi Yevropa texnologiyasi asosida temir eshiklar tayyorlashga ixtisoslashgan. Bu eshiklar ko‘p qavatli turar joylar yo‘laklari, namunaviy uylarga o‘rnatilmoqda.
Yana bir binoda Niderlandiya texnologiyasi asosida turli o‘lchamdagi metall konstruksiyalar ishlab chiqarish tashkil etilgan. Bu yerda yiliga 24 ming tonna metall mahsulotlar bilan birga sendvich panellar, bruschatkalar, yo‘l cheti to‘siqlari, isitish radiatorlari tayyorlanadi. Ichki bozordan tashqari qo‘shni mamlakatlar mahsulotning asosiy bozori hisoblanadi. Korxonada 440 ish o‘rni yaratilgan.
“Midas agrotech” korxonasida zamonaviy issiqxona majmualari uchun konstruksiyalar, shuningdek, quyosh nuridan himoyalovchi to‘rlar, plastik yashiklar, polietilen plyonka kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi.
"Bektemir metall konstruksiyalari” korxonasida yo‘l to‘siqlari, yoritish ustunlari, qurilish konstruksiyalari, elektr payvandlangan quvurlar tayyorlanadi.
Davlat rahbari mazkur sexlardagi ishlab chiqarish jarayonini kuzatdi. Mahsulotlar sifati va bozori bilan qiziqdi.
Bektemir tumanidagi «Binokor» mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar namoyish etildi.
Prezident mazkur korxona tomonidan ishlab chiqarilgan temir-beton panellardan namuna sifatida qurilgan xonalarga kirib ko‘rdi. Ko‘p qavatli uylarni tez muddatlarda qurish, aholini uy-joy bilan ta'minlash uchun bunday korxonalar juda zarurligini ta'kidladi. Shu yo‘nalishga ixtisoslashgan korxonalarni ko‘paytirish va kadrlar tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Shu yerda Toshkent shahri iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yangi korxonalar tashkil etishga doir loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
2019 yilda poytaxtga 2 milliard 700 million dollar miqdorida investitsiya kiritilishi, bu mablag‘ sanoat, qurilish, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarga yo‘naltirilishi ma'lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumanidagi innovatsion klinikaga tashrif buyurgandi.
Tavsiya etamiz
Coca-Cola tarkibida xlorat ko‘p bo‘lgani uchun Yevropadagi mahsulotlarini qaytarib oldi
Jahon | 17:25 / 28.01.2025
AQShda yuk tashish inqirozi tugadimi?
Jahon | 16:03 / 28.01.2025
Kolumbiya prezidenti muhojirlarni quvayotgan AQShga: «Ularga jinoyatchidek muomala qilmang»
Jahon | 23:24 / 27.01.2025
Sun’iy intellekt yetakchilari – Davosda. Ular nimalar deyishdi?
Fan-texnika | 19:09 / 27.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vashingtonda samolyot vertolyot bilan to‘qnashib ketganidan so‘ng daryoga quladi
Jahon | 08:41
-
Tramp Hamas hujumini qo‘llab-quvvatlagan talabalarni deportatsiya qilmoqchi
Jahon | 08:12
-
30 sotix yerni 705 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 08:00
-
YeChL. «Siti» irodali g‘alaba bilan o‘tish bosqichiga yo‘l oldi, «Real» va «Bavariya» ham qo‘shimcha pley-offda o‘ynaydi
Sport | 03:00
Mavzuga oid
21:06 / 29.01.2025
Islom sivilizatsiyasining zamini – ilm-fan, madaniyat, ta’lim va tarbiyadir - prezident
18:09 / 29.01.2025
Havoda PM2,5 zarrachalari ko‘payishi respirator viruslar yuqish xavfini oshiradi – Toshkentda-chi?
18:06 / 29.01.2025
Toshkent viloyatida qaynona-kelin janjali sabab chaqaloq a’zolari kuydi
21:52 / 28.01.2025