Der Spiegel nemis naşri jurnalisti Klaas Relotius 7 yil davomida turli reportaj va intervyularni töqib çiqargan va ular uçun 9 ta nemis va 2 ta xalqaro mukofot olgan. Naşrda uşbu voqeaning batafsil tergovi çop etilgan.

Jurnalistning yolğonini u bilan birga AQŞdagi noqonuniy muhojirlar haqidagi reportaj ustida işlagan hamkasbi aniqlagan. Jurnalistning hamkasbi şerigining maqolasi bir qismi bungaça AQŞdagi jurnallardan birida çop etilgan voqeaga öxşaşligini sezib qolgan. U maqola qahramonlarini topgan va ular Relotius bilan heç qaçon uçraşişmaganini tasdiqlaşgan.

Relotius dastlab buni inkor etgan, biroq oxir-oqibat öz aybini tan olib, ançadan beri uydirma reportajlar yoziş bilan şuğullanişini ma'lum qilgan. Uning aytişiça, u kamida 14 ta maqolada intervyu va voqealarni töqib çiqargan. Jurnalistning ta'kidlaşiça, maqolada tilga olingan odamlar haqiqatda mavjud bölgan. Tahririyat yolğon maqolalar köproq bölişi mumkinligini istisno qilmayapti. 

Naşrda birinçi navbatda jurnalist mukofotlar olgan yoki ularga ilgari surilgan maqolalarni tekşira boşlaşgan. Naşr voqeani tergov qiliş uçun maxsus komissiya tuzgan va bölgan voqea haqida bir neçta maqola çop etgan. 

Relotiusning tan olişiça, u voqealarni muvaffaqiyatsizlikka uçraşdan qörqqani sababli töqib çiqargan. Muvaffaqiyat va e'tirof esa unga işiga yanadayam köproq mas'uliyat bilan yondaşişni talab qilgan va şu sabab u yuqorida qoliş uçun yanada “yorqinroq” reportajlar öylab topişga “majbur bölgan”.

Relotius jurnal bilan 2011 yildan frilanser sifatida hamkorlik qilib kelgan, oxirgi 1,5 yil davomida esa tahririyat xodimi sifatida işlagan. Bu vaqt içida uning 60 dan köproq maqolasi çiqqan. Relotius Germaniyada yil jurnalisti deb tan olingan, Forbes naşri esa uni 30 yoşdan kiçik bölgan eng istiqbolli mediaşaxslar qatoriga kiritgan.