Latviya rasmiylari Milliy arxiv saytida SSSR Davlat xavfsizlik qömitasi xodimlarining ma'lumotlarini e'lon qildi. Jami 10 mingdan ortiq skaner qilingan hujjat joylaştirildi.

Joylaştirilgan materiallar orasida - KGB xodimlarining telefon daftari, agentlar kartotekalari, normativ hujjatlar, Aksilrazvedka luğati, yiğilişlar hisobotlari va yöriqnomalar.

Riga KGB arxivlarini e'lon qilişi haqida oktabr oyida xabar berilgandi. Bu qarorni Latviya seymi qabul qildi. «KGB hujjatlari e'lon qilinişi totalitarizm takrorlanişining oldini oliş, insoniyatga qarşi jinoyatlar, genotsid va harbiy jinoyatlarni qoralaş, şuningdek, demokratik davlat va jamiyatni rivojlantirişga yordam beriş uçun möljallangan», - deya aniqlik kiritişdi parlamentda.

2019 yil 1 maydan rasmiylar boşqa hujjatlarni ham e'lon qilişni rejalaştirmoqda. KGB agentlarining şaxsiy va iş hujjatlarini röyxatga oliş jurnallari, muvaffaqiyatsiz yollaşga oid materiallar, şuningdek, KGB operativ işlari joylaştiriladi.