«Mançester Yunayted» klubining sobiq boş murabbiyi Joze Mourino «Real»ga qaytmaydi.

Marca xabariga köra, portugaliyalik Madrid klubi rahbariyati bilan yaxşi munosabatlarga ega, ammo u yaqin va uzoq kelajakda boş murabbiylikka nomzod sifatida körilmayati.

Eslatib ötamiz, Mourino 18 dekabr kuni «Mançester Yunayted»dan iste'foga çiqarilgan edi.

Avvalroq, El Pais «Real» klubining 55 yoşli mutaxassisga yiliga 20 million yevro maoş taklif qilgani haqida yozdi. Mourino «Real»da 2010 – 2013 yillar davomida işlagan va Ispaniya çempioni bölgan.