Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudi 16 may kuni Özbekiston Davlat bojxona qömitasining sobiq raisi Muidjon Tohiriyga nisbatan hukm çiqardi, deya xabar qildi «Gazeta.uz» öz axborot manbasiga tayanib.

Xabar qilinişiça, Muidjon Tohiriy Jinoyat kodeksining 167 (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş), 207 (mansabga sovuqqonlik bilan qaraş) va 209- (mansab soxtakorligi) moddalarida közda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.

“Sud bojxona mahkamasining sobiq rahbariga jazoni manzil-koloniyada ötaşni közda tutuvçi 3 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etiş hamda 3 yil muddatga rahbarlik va moddiy javobgarlik bölgan lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum etgan holda EKIHning 400 baravari (81,1 mln söm) miqdorida jarima jazolarini tayinladi”, deyiladi xabarda.

Muidjon Tohiriyning qölga olingani 2018 yil dekabrida ma'lum bölgan edi. U DBQ rahbari lavozimida 2016 yil dekabridan 2018 yil fevraliga qadar faoliyat körsatgan.

2006−2008 va 2011−2016 yillarda Milliy xavfsizlik xizmati (hozirgi — DXX) raisi örinbosari, 2013 yildan Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilgan.