«Özavtosanoat» General Motors'ning Asaka avtomobil zavodidagi uluşini sotib oldi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
2008 yili mart oyidan GM Uzbekistan'ga aylangan avtomobil zavodining 25 foiz uluşi, Reuters xabariga köra, joriy yil boşida bevosita GM'ga tegişli edi. Öşa paytda «Özavtosanoat» rahbari (ayni çoğda rahbar örinbosari) bölgan Umid Salimov «zavodning 15 foiz aksiyasi sotib olingani, GM tasarrufida 10 foiz aksiya qolayotgani»ni bildirgandi.
Uning şu yil may oyida jurnalistlarga bergan intevyusida «yil oxiriga qadar barça aksiyalar sotib olinişi» haqida aytilgandi. Ammo, rasmiylar aksiyalar qança bahoda sotib olingani va kelişuvdagi boşqa şartlarni oşkor etmayapti.
Mamlakatning şarqiy va aholi eng ziç joylaşgan Andijon viloyatida qurilgan zavod, dastlab, koreyslar bilan hamkorlikda işga tuşirilgan. 1996 yili Asakadagi zavod Janubiy Koreyaning Daewoo Motors va «Özavtosanoat» hamkorligi hosilasi böldi.
Zavod bir yilda 250 ming dona avtomobil işlab çiqariş quvvatiga ega. Uning ayrimlari Ravon brendi ostida xalqaro bozorga çiqariladi.
Davlat monopoliyasi örnatilgan, yengil avtomobillar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan tarmoqni Prezident Şavkat Mirziyoyev ham tanqid qilgandi. Unga köra, zavod xalq va davlat uçun foyda keltirmaydi.












