Özbekiston Qozoğiston bilan hamkorlikda Silk Visa rejimini yölga qöyişi kutilmoqda, ayni damda u deyarli barça muvofiqlaştiriş bosqiçlardan ötgan bölib, 2019 yilning fevral oyidan amalda qöllaniladi. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi birinçi örinbosari vazifasini bajaruvçi Uluğbek Qosimxöjayev 20 dekabr kuni bölib ötgan “Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili” doirasida amalga oşirilgan işlarga bağişlangan tadbir davomida şu haqida ma'lum qildi, deya xabar beradi Kun.uz muxbiri.

Uluğbek Qosimxöjayev
Foto: Kamil Yenikeyev

"Bugunga kelib faqat texnik jihatlarni hal qilişgina qoldi, zero Özbekiston va Qozoğistonning viza rejimi bir-biridan farq qiladi. Masalan, bizda elektron vizalar yölga qöyilgan, ularda esa bu iş hali oxiriga yetkazilmagan. Bizning taxminlarimizga köra, Silk Visa fevral oyidan yölga qöyilişi kutilmoqda", - deydi u.

Bundan taşqari, Uluğbek Qosimxöjayevning sözlariga köra, hozir Qirğiziston va Tojikiston ham uşbu loyihaga qiziqiş bildirmoqda. Turkmaniston bu masala ustida hali öylanmoqda. Qozoğiston bu vizaga Ozarboyjon va Turkiyani ham qöşmoqçi, ya'ni bu nafaqat Markaziy Osiyo mamlakatlari, balki Ozarboyjon va Turkiyani ham öziga qamrab oluvçi loyiha bölişi mumkin.