Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 20 dekabr kuni yangi qabul qilingan soliq siyosati konsepsiyasini amaliyotga töliq tatbiq qiliş masalalari böyiça videoselektor yiğilişi ötkazildi.

«Oçiq-oşkora va adolatli soliq tizimi iqtisodiyot rivojining eng muhim asosidir. Lekin yurtimizda hozirgaça amal qilib kelinayotgan soliq ma'muriyatçiligida köplab noaniqliklar borligi biznes, tadbirkorlik, investitsiya sohalari ravnaqiga tösiq bölayotgan edi. Stavkalarning yuqoriligi insofli soliq tölovçilarni qiynab kelardi. Misol uçun, korxona foydasidan qat'i nazar, tovar aylanmasidan 3,2 foiz miqdorida davlat maqsadli jamğarmalariga ajratma tölab kelingan. Bu soliq yuki korxona daromadining kamida 21 foiziga teng bölib, ularning raqobatbardoş va eksportbop mahsulotlar işlab çiqarişiga xalal berardi.

Bu kabi muammolarni bartaraf etiş, soliq yukini kamaytiriş va çinakam bozor iqtisodiyotini rivojlantiriş maqsadida davlatimiz rahbari taşabbusi bilan Özbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillaştiriş konsepsiyasi işlab çiqildi. Xalqaro valyuta jamğarmasi, Jahon banki va boşqa taşkilotlar ekspertlarini jalb qilgan holda, rivojlangan davlatlar tajribasi asosida qabul qilingan uşbu konsepsiyada biznes uçun juda katta imkoniyatlar, xalqaro darajadagi qulay şaroitlar nazarda tutilgan. 

Xususan, kelgusi yildan boşlab soliq turlari 19tadan 15tagaça qisqarmoqda. Yuridik şaxslardan olinadigan foyda soliği stavkasi 14 foizdan 12 foizgaça, dividendlar va foizlar körinişidagi daromadlar böyiça foyda soliği stavkasi 10 foizdan 5 foizgaça pasaytirildi. Yana bir muhim jihati, endi soliq stavkalari avvalgiga öxşab keskin özgaruvçan bölmaydi. Bu investorlarga uzoq muddatli biznes loyihalarini rejalaştirişda qiyinçilik tuğdirmaydi. Yangi soliq konsepsiyasida, yuqorida qayd etilgan, tovar aylanmasidan ajratma tölaş tartibi ham bekor qilinmoqda. Buning natijasida yirik korxonalar öz ixtiyorida 5 trillion sömdan ortiq mablağlarni saqlab qoladi.

Şu kabi yengilliklar tufayli Xalqaro valyuta jamğarmasi soliq tizimining isloh etilişini Özbekistonning eng katta yutuqlaridan biri deb e'tirof etdi. Bir söz bilan aytganda, soliq ma'muriyatçiligida yangi tizim yaratildi. Navbatdagi vazifa uni amaliyotga töliq tatbiq qilişdir. Videoselektor yiğilişida bu tizimni oqilona yölga qöyiş uçun amalga oşiriladigan çora-tadbirlar belgilab berildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida. 

2019 yil 1 yanvardan boşlab, xodimlar sonidan qat'i nazar, tovar aylanmasi 1 milliard sömdan yuqori bölgan sub'yektlar umumbelgilangan soliq töloviga ötadi.