Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriat va magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, Institutga o‘qishga qabul qilish tanlovi, teng huquqlilik va qabul qilishning yagona qoidalari prinsiplari asosida quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:

dastlabki tanlov;

maxsus kasbiy tanlov;

test sinovlari.

Bir bosqichdan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan nomzodlar keyingi bosqichga qo‘yilmaydi.

Dastlabki tanlov — Institutga o‘qishga kirishga qaror qilgan nomzodga tegishli ma'lumotlarni, uning ta'lim muassasasidagi o‘zlashtirishi darajasini, individual-psixologik xususiyatlarini, jismoniy tayyorgarligi va sog‘lig‘i haqidagi ma'lumotlarni to‘plash, o‘rganish hamda uning kelgusida bojxona organlarida xizmat qilishi uchun moyilligini aniqlashdan iborat.

Maxsus kasbiy tanlov – nomzodlarning bojxona organlarida xizmatni o‘tashi uchun ularning sog‘ligi va psixofiziologik xususiyatlarining mos kelishi, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilimi, yozma savodxonligi hamda intellektual salohiyatini aniqlashdan iborat.

Test sinovlari – nomzodlarga tanlagan mutaxassisliklari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o‘rinlarda Davlat test markazi deb yuritiladi) tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari.

Institutda tasdiqlangan Davlat ta'lim standartlari asosida “Bojxona ishi” va “Yurisprudentsiya” (iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy ta'minlash) ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.

Institutga o‘qishga kiruvchi nomzodlar uchun:

“Bojxona ishi” ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha matematika (informatika va axborot texnologiyalari fani bilan birgalikda) (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 ball), chet tili (har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 ball), ona tili va adabiyot (har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 ball) fanlaridan;