Nurafşon şahrida GM Uzbekistan tomonidan yiğilayotgan yangi avtomobil modeli Chevrolet Tracker taqdimoti bölib ötdi. «Özavtosanoat» boşqaruvi raisi marketing masalalari böyiça örinbosari Umidjon Salimovga köra, 2 oy içida 2 mingdan ortiq Chevrolet Tracker yiğilgan.
Video: Youtube
10 kun içida 1000dan ortiği allaqaçon sotib bölingan. 2019 yilda 10-12 ming dona Tracker yiğiş rejalaştirilmoqda. Hozirda avtomobilni yirik uzelli yiğiş amalga oşirilmoqda. U.Salimovga köra, krossoverni yiğişni davom ettiriş GM kompaniyasi bilan olib borilayotgan muzokaralar natijasiga boğliq.

Chevrolet Tracker texnik körsatkiçlari quyidagiça:
Dvigatel - 1796 sm3 (1.8L)
Kuzov ölçami - 4248/1792/1674
Bazasi - 2555
Eng yuqori tezligi soatiga 180 km/soat. 11 soniyada 100 km/soat tezlikka erişa oladi. 100 km masofaga aralaş siklda 7,1 l, şaharda 9,3 l, şahar taşqarisida 5,8 l yoqilği sarflaydi. Yoqilği baki 53 litr.
Chevrolet Tracker eksport qilinmaydi, faqat mahalliy bozordagi talab uçun yetkazib beriladi.
Bir muddat avval, Özbekiston bozori uçun Chevrolet Tracker narxlari ma'lum qilingan edi. LT M/T töplami 184 308 855 söm (22172.12 AQŞ dollari), Chevrolet Tracker Premier A/T 215 680 575 söm (25946.1 AQŞ dollari) qiymatida sotilişi bildirildi. J.Koreyada ayni model narxi 17 000, AQŞda 19 000 AQŞ dollaridan boşlanadi.











