«Mançester Siti» Angliya Premer-ligasining 18-turida «Kristal Pelas»ga sensatsion ravişda mağlub böldi. Mançesterdagi «Etihad — Siti of Mançester» stadionida keçgan uçraşuv mehmonlarning 3:2 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Gundoğan öyinda hisobni oçgan bölsada, mehmonlar vaziyatni tezda öz tomonlariga oğdirişdi va londonliklar klubi öyinning asosiy qismida 3:1 hisobida oldinda borişdi, mehmonlarning gollariga Jyeffri Şlupp, Endros Taunsend va penaltidan unumli foydalangan Luka Milivoyeviç mualliflik qilişdi. Öyin oxirida Kevin De Bryuyne bitta javob goli urdi.

Bu «Mançester Siti» uçun APLning joriy mavsumida uy uçraşuvlaridagi ilk mağlubiyat böldi. Endi Xosep Gvardiola jamoasi çempionat turnir jadvalida peşqadam «Liverpul»dan 4 oçko ortda qolgan holda ikkinçi örinda bormoqda.

Angliya çempionati
18-tur
Mançester Siti – Kristal Pelas 2:3
Gollar: 1:0 – 27 Gundöğan, 1:1 – 33 Şlupp, 1:2 – 35 Taunsend, 1:3 – 51, penalti Milivoyeviç, 2:3 – 85 de Bryuyne.
Mançester Siti – Ederson, Laport, Otamendi (Aguero, 50), Stounz, Delf (de Bryuyne, 62), Sterling (Marez, 69), Bernardu Silva, Sane, Gundöğan, Uoker, Gabriel Jyezus.
Kristal Pelas – Guaita, Tomkins, van Anxolt, Uan-Bissaka, Sako, Mayyer (Pançon, 90), Milivoyeviç, Taunsend, Makartur, Zaa (Ayyu, 88), Şlupp.
Ogohlantirişlar: Zaa (45), van Anxolt (75), Makartur (80), Guaita (90).