“Chet elga ishlashga ketgan odam dangasa emas” - Bosh vazir ishsizlik haqida gapirdi
“Har bir ayol orzu havas qilib yashaydi, bola-chaqam deydi, oilasiga bir narsa tashib, olib kelay, degan niyatda bo‘ladi. Noilojlik ko‘p salbiy ishlarga yo‘l ochadi”, — deb hisoblaydi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov.
22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bosh vazir Abdulla Aripov, qator vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida o‘tgan tadbirda Qo‘mitaning so‘nggi besh yillik faoliyati yakunlari sarhisob qilindi hamda Taftish komissiyasining hisoboti eshitildi.
“Ishlash uchun boshqa davlatga ketishi (ayollar nazarda tutilmoqda — tahr.) nima uchun? Chunki biz shu yerda sharoit qilib berolmaganmiz. Imkon qilib berilmagan. Topgan gapimiz shu bo‘ldi: chet elga ishlashga ketgan odam dangasa emish. U holda dangasa bo‘lmagan odamga mana shu yerda ish taklif qil. Keyin bu boshqa gap”, — dedi Abdulla Aripov.
Bosh vazirga ko‘ra, ishsizlikka kurash e'lon qilgan “ayrim qiziq moliyachilar bitta shtat o‘rinni uch-to‘rtga bo‘lib tashlagandi”.
“To‘rtta, sakkiztaga bo‘lib, 10 ming, 20 mingdan oylik to‘lab, ro‘yxatda 8 ta ish joyi tashkil etildi. Qog‘ozda hammasi. Bunaqa bo‘lishi kerak emas. Ayollarga ish o‘rni yaratib berishda, u manzilli bo‘lishi kerak”, — deb qo‘shimcha qildi u.
Aripov har bir hududning muammosi, demografik, gender masalasidagi muammolar mavjudligini aytdi. Iqtisodiyot tarmog‘i hudud talablaridan kelib chiqib, ishlarni to‘g‘ri rejalashtirishi lozimligi ta'kidlandi. Bosh vazir ish o‘rin bo‘lib, vakant qolayapti, deganlarni tanqid qildi.
“Taklif etilayotgan ishga yarasha malaka so‘ralyaptimi? Shunga yarasha oylik bormi? Tamg‘a qo‘yish oson, undan avval do‘ppini yechib o‘ylash kerak”, — dedi u.
Mavzuga oid
18:33 / 04.11.2024
Abdulla Aripov Shanxayda Xitoy bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
07:50 / 02.11.2024
Bandlik vazirligi ishsizlik darajasi kamayganini ma’lum qildi
15:42 / 30.10.2024
Ma’lumotlar “kaft ustida” bo‘lsa, to‘g‘ri qaror chiqarish ehtimoli ortadi – Toshkentda ma’lumotlarni boshqarish mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi
18:17 / 04.10.2024