Köpçilik yangi yilga oldindan tayyorgarlik körib, arçani bezatiş uçun turli öyinçoqlar xarid qiladi, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi.
IIV quyidagi yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya qilişni unutmaslikni söragan:
- öquv yurtlarda va taşkilotlarda arçani binolarning 1-qavatidagi keng xonalarga örnatilişi, unda xonaning kamida ikkita çiqiş joyi bölişi şart;
- ötiş joylarini sun'iy ravişda toraytiriş, u yerlarga qöşimça ötiriş uçun jihozlar örnatiş va belgilangan me'yordan köp odamlar bilan xonalarni töldiriş mumkin emas;
- muassasa rahbarlari tantana boşlanişi oldidan yoritgiçlar sozligini, elektr sim va kabellar ulanişi «Elektr uskunalarini tuziliş qoidalari» asosida bajarilganligini, yonğinni öçirişga möljallangan birlamçi vositalari mavjudligini va ularni işga yaroqliligini tekşirib körişlari şart;
- yangi yil bayram tadbirlari ötkaziladigan obektlarda arça mustahkam qilib örnatilişi, şoxlari devor va şiftlarga tegmasligi, sifat sertifikatiga ega bölmagan elektr girlyandalari va tez alangalanuvçi buyumlar bilan bezatilmasligi qattiq nazoratga olinişi zarur;
- arça qoğoz, selluloid öyinçoqlar, paxta va tez yonuvçi materiallar bilan bezatilişi mumkin emas;
- arçani isitiş moslamalari yonida örnatmaslik kerak;
- bayram marosimlari vaqtida turli muşak va boşqa pirotexnika buyumlaridan foydalaniş taqiqlanadi;
- bolalarni arça atrofida va arça örnatilgan xonada qarovsiz qoldiriş hamda ularni tez yonuvçi materiallardan tayyorlangan kiyimlar bilan yasantiriş mumkin emas;
- tadbir vaqtida oçiq olovdan foydalaniş va şunga öxşaş yonğin yoki portlaş xavfi bor işlarni amalga oşirmaslik zarur;
- nosoz elektr öçirgiç, rozetka, turli maişiy elektr jihozlardan hamda taşqi himoya qobiqlari şikastlangan yoki zararlangan elektr sim va kabellardan foydalaniş qat'iyan taqiqlanadi.
Agarda yonğin alomati sezilsa, avvalo yoş bolalarni xavfsiz joyga çiqarib, zudlik bilan «101» raqamiga qönğiroq qiliş kerak.
Ayniqsa, qişning sovuq kunlarida xonadonda yonğin çiqmasligi uçun nosoz gaz va elektr moslamalari hamda qölbola isitiş uskunalaridan foydalaniş kerak emas.












