Özbekiston Milliy axborot agentligi rahbari Abdusaid Köçimov ÖzA agentligi va «Özbekiston24» telekanali qöşilib, bir agentlikka birlaştirilişi haqida tarqalgan miş-mişlarga öz munosabatini bildirib ötdi.

Video: Youtube.com

Video: Tas-IX

«Biz bu miş-miş haqidagi xabarni turli saytlardan öqib hayron böldik. Şu bahonada bir narsani aytgim keladi. Aytişim şart. Birinçidan, norasmiy yoki u rasmiy manba böladimi, davlat yoki nodavlat taşkilot böladimi, miş-mişning ortidan ergaşgan, miş-miş bilan obro‘ topaman degan taşkilot yutqazadi. Ikkinçidan, norasmiy manba tomonidan aniq tasdiqlanmagan axborotni tarqatiş - bu jinoyat. Bunday manbalarning faoliyati hali qonunçiligimizda körib çiqilmagan.

Nima uçun biz bir sifatsiz mahsulot çiqargan odam bilan yoki zarar yetkazgan odamni qamaymiz, sud qilamiz? U bitta odamga zarar yetkazgan böladi, lekin yolğon, notöğri informatsiya bir neça yuzlab yoki minglab insonlarning xayolini buzişi mumkin. Bu juda katta jinoyat. Buni his qiliş kerak. Söz - bu otilgan öq. Uni qaytarib bölmaydi, u tekkan joyiga zarar yetkazmay qolmaydi. Miş-miş informatsiya ham xuddi şu toifaga yaqin sanaladi. Qança odamlarga şovqin qilib, ularni bezovta qilib. Undan köra mendan söraganida aytardim. Hozirça menda bunday informatsiya ham yöq, taklif ham yöq. Bu birinçidan. Ikkinçidan, davlat işlarini davlatning özi biladi.

Bir mahallar yoşligimizda biz ham turli idoralar haqida hali tasdiqlanmagan, köçadagi gaplarni hazil-huzul qilib gapirib yurgan paytlarimizda rahmatli ustozimiz Abdulla Oripov «Davlat, hukumat şunday bir aqlli va keng qamrovli tafakkurli boğbonki, boğining qayeriga qanday daraxt ekişni, qayeriga qaysi gulni ötqazişni yaxşi biladi. Sizlar bunday narsalarga boşlaringni qotirib, muhokama qilib, özlaringni özlaring ovora qilmanglar», derdilar. Bu gaplarning masalaga töğridan-töğri aloqasi bor. Falonçi u yoqqa ötibdi, pismadonçi bunaqa bölar ekan, mana bu bunga qöşilibdi yoki ajralibdi degan gaplar bu işsizlikdan, bekorçilikdan yoki kimningdir topşiriği bilan qaysidir odamning manfaatini közlab yoki kimningdir obrösini tökmoqçi, kimgadir sun'iy obro‘ keltiriş niyati bilan qilingan provokatsiya bölişi mumkin. Şu xabar çiqqaç, köplab qönğiroqlar böldi. Noqulay sezdik özimizni. Bu odamni xijolatga qöyadigan holat.