Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi direktori, bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev Özbekiston Milliy axborot agentligi boş direktori örinbosari etib tayinlandi. U 2013 yildan buyon ÖzA boş direktori örinbosari lavozimda işlab kelgan Jumanazar Meliqulov örnini egallagan.

«Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan, Xuşnud Ğayratoviç Xudayberdiyev Özbekiston Milliy axborot agentligi boş direktorining örinbosari etib tayinlandi va boşqa işga ötişi munosabati bilan Jumanazar Xaitoviç Melikulov uşbu lavozimdan ozod qilindi», deyiladi agentlik xabarida.

Xuşnud Xudoyberdiyev 2020 yil yanvaridan buyon Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi direktori sifatida işlab kelayotgandi.

ÖzA boş direktori va uning örinbosarlari Özbekiston prezidenti bilan kelişilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

2019 yilning dekabr oyida prezident qarori bilan ÖzAning vazifalari yangilangandi. Agentlik qoşida maslahat kengaşi va media markaz taşkil etiş rejalaştirilgan. 2020 yilning fevral oyida ÖzA unga yangi qurilmalar sotib oliş va yangi portalni işga tuşiriş uçun 5,4 milliard söm ajratişni közda tutuvçi hukumat qarorini jamoatçilik muhokamasiga qöygandi.