Oliy Majlis Senatining 5 fevral kuni bölib ötgan yalpi majlisida Milliy axborot agentligi boş direktori, senator Abdusaid Köçimov sözga çiqib, Özbekiston har qanday taşqi tahdidlarga öz örnida javob qaytarişi lozimligini bildirdi.
Senator öz nutqida xalqaro vaziyatga töxtalib, «dunyoda bir-biridan çigil tugunlar köpayib borayotgani, ular orasidan bamisoli bomba kömilgan maydonda yurgandek yuriş naqadar oğirligi, dunyoning bugungi qoidalari keskin özgarib borayotgani, zöravon siyosatçilar, ayrim zöravon arboblar, bamisoli muz ustida raqs tuşayotgan raqqosalar singari bir daqiqadan keyin qaysi tomonga burilişini, qaysi tomonga şox taşlaşini heç kim bilmaydigan bir zamonda yuriş, bu heç birimizni bir daqiqa ham xotirjam bölişga yöl qöymasligi»ni ta’kidladi.
«Murojaatnomada tenglik, özaro munosabatlarda samimiy bölişga katta e’tibor berilganini kördik. Ammo muvozanat buzilib, yana imperiyaparastlik, böyinga böyintiriq osiş xavfi paydo bölsa-çi? Köçada hassa suyangan har bir ötkinçi „men sening boş toğingman, oğangman“ deb tursa-çi? Bu imperiyani qömsaş emasmi, aziz döstlar?
Şu örinda uluğ şoirimiz Abdulla Oripovning “Deydilar it hurar – ötadi karvon, Ranju balolardan yonmasin joning, Ammo alam qilar bir umr giryon, Itlar orasidan ötsa karvoning” degan tarixiy sözlarini eslaşimiz kerak. Kerak.
Ammo bu armon – bugungi kunda armon emas. Biz bugun ana şu armonlarni uşaltirişga qarşi birlaşişimiz lozim bölyapti.
Balki, karvonimizga tahdid qiladigan har qanday kuçga, akillagan har qanday layçaga yoki har qanday qaşqirga qarşi öz joyida javob berişimiz, kovuşini töğrilab qöyişimiz, popugini pasaytirib qöyişimiz, aqlini kiritib qöyişimiz şart va kerak...», – degan u.
«Biz özimizni boşqalarga mehnatimiz bilan, aqlimiz bilan, işimiz bilan tan olişga majbur qilişimiz kerak böladi», – deya qöşimça qilgan senator.
Imperiyaparast çiqişlar
Şu yil boşidan buyon rus propagandasi tomonidan sobiq ittifoq respublikalari, xususan, Özbekistonga suverenitetini rad etuvçi bir neça çiqişlar amalga oşirildi.
Dastlab rossiyalik teleboşlovçi Vladimir Solovyov Markaziy Osiyoni «bizniki» deb atagan va bu mintaqaning Moskva uçun strategik ahamiyatini qayd etib, Rossiya öz xavfsizligi uçun Ukrainada bölgani kabi Armaniston va Markaziy Osiyo davlatlarida ham «maxsus harbiy operatsiya» boşlaşi kerakligi haqida gapirgandi

















