Bir neça yillar davomida uydirma reportajlar va intervyular yozgan va hattoki ular uçun nufuzli mukofotlar bilan mukofotlangan nemis jurnalisti Klaas Relotsius öz “maqolalari”ning qahramonlari uçun xayriya vaji ostida mutolaaçilardan pullar yiğgani ma'lum böldi. Bu haqda jurnalist bilan hamkorlik qilgan Der Spiegel nemis naşri ma'lum qildi.
Gazeta öquvçilari tahririyatga murojaat qilib, jurnalist şaxsiy poçtasi orqali yordam beriş iltimosi bilan murojat qilganini ma'lum qilişgan. Jurnalist pullarni maqolasining qahramonlari bölgan suriyalik aka-singil uçun yiğayotganini ta'kidlagan. Uning aytişiça, aka-singil ota-onasi ölimidan keyin Turkiyaga kun keçirgani yöl olişgan.
Relotsius bilan birga yurgan fotosuratçining aytişiça, aslida bolaning onasi hayot va mebel dökonida işlaydi. Uning singlisi haqida esa umuman heç narsa ma'lum emas. Naşrda qizning tarixi jurnalist tomonidan öylab topilgan bölişi mumkinligi aytilgan.
Jurnalistning ta'kidlaşiça, xayriyalar evaziga u aka-singil uçun Germaniyadan oila topişga muvaffaq bölgan. Biroq buning ham tasdiği yöq.
Relotsius şu yöl bilan qança pul yiğgani hozirça noma'lumligiça qolmoqda. Gazetxonlar pullarni uning şaxsiy hisob raqamiga jönatişgan. Spiegel tahririyatida pullardan xabarlari bölmagani aytilgan va bu haqdagi barça ma'lumotni huquq-tartibot idoralariga berişga va'da berilgan.
19 dekabrda Relotsius 7 yil davomida gazeta uçun reportajlar va intervyular töqib çiqargani ma'lum böldi. U maqolalarni soxtalaştirgani bilan boğliq 14 ta holatni tan olgan. Jurnalist öz vaqtida Germaniyada yil jurnalisti deb topilgan, Forbes naşri esa uni 30 nafar istiqbolli yoş jurnalistlar qatoriga kiritgan.
Tahririyat uşbu hodisani tergov qiliş uçun maxsus komissiya taşkil etdi. Naşrda jurnalist tan olganidan köproq soxta maqolalar yozgan bölişi mumkinligi taxmin qilinmoqda.













