Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chet elda ishlash vaqti qanday shartda mehnat stajiga qo‘shilishi aniqlashtirildi
Foto: Fotolia
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Soliq va byudjyet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Hujjat bilan «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida»gi qonunning 40-moddaning birinchi qismi (40-modda. Chet elda ishlash vaqtini stajga qo‘shish shartlari - Chet elda ishlangan davrlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta badallari to‘langan taqdirda, mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno) quyidagi tahrirda bayon etildi:
«Chet elda ishlangan davrlar quyidagi shartlarga ko‘ra mehnat stajiga qo‘shiladi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno:
2019 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan taqdirda;
2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun – yagona ijtimoiy to‘lov to‘langan taqdirda».
Mavzuga oid
18:27 / 30.12.2025
Qozog‘istonda noan’anaviy jinsiy munosabatlar targ‘ibotini taqiqlovchi qonun imzolandi
10:20 / 26.12.2025
2026 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
19:50 / 19.12.2025
Mahalliy kengash va hokimlar faoliyatiga xos bo‘lmagan 8 ta vazifa bekor qilinadi
10:15 / 08.12.2025