21 dekabrda Özbekistonning Avstriyadagi elçisi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotidagi doimiy vakili Şerzod Asadov Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) boş direktori vazifasini bajaruvçi Mixail Çudakovga Özbekistonning agentlikdagi doimiy vakili sifatida işonç yorliğini topşirdi.
Uşbu marosimdan keyin ötgan muloqotda Özbekiston va XAEA örtasidagi hamkorlikni rivojlantirişning istiqbolli yönalişlari muhokama qilindi.
Çudakov XAEA Özbekistonda yuz berayotgan ijobiy özgarişlar va jadal amalga oşirilayotgan islohotlar ortidan katta qiziqiş bilan kuzayotganini ta'kidlab ötgan. Uning aytişiça, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Özbekistonda Markaziy Osiyodagi ilk atom elektr stansiyasi quriş taşabbusi tahsinga sazovordir.
Çudakov Özbekiston delegatsiyasining XAEAning turli tadbirlarida faol iştirok etişini ta'kidlab ötdi va Toşkentda oktabr-noyabr oylarida özbekistonlik mutaxassislarning malakasini oşirişga qaratilgan ikkita seminarning samarali taşkillaştirilgani uçun minnatdorlik bildirdi.
Tomonlar, şuningdek, qöşma loyihalarni amalga oşirişning amaliy jihatlarini körib çiqişdi.
Ayni vaqtda XAEA Özbekistonda Fanlar akademiyasi, turli vazirliklar bilan 10 ta milliy loyihani muvaffaqiyatli amalga oşirmoqda va 2020-2021 yillarda Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti, “Özatom” agentligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Özbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universiteti bilan birgalikda amalga oşirilişi taklif qilingan 4 ta loyiha ustida iş olib bormoqda.
Mixail Çudakov uçraşuv söngida Özbekiston ekologik harakatini bildiruvçi deputatlarni XAEAning Venadagi boş qarorgohiga taklif qilgan.











