Özbekiston Respublikasi prezidenti “Soliq va byudjyet siyosatining 2019 yilga möljallangan asosiy yönalişlari qabul qilinganligi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunni imzoladi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasining Soliq kodeksi quyidagi mazmundagi 71-2-modda bilan töldirildi:

«71-2-modda. Mavzuli ekspress-örganiş

Mavzuli ekspress-örganiş kameral nazorat natijalari böyiça joyiga çiqqan holda soliq tölovçi tomonidan taqdim etilgan axborotning işonçliligini hamda soliq tölovçining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qöllaşning qonuniyligini tasdiqlaş uçun amalga oşiriladi.

Soliq tölovçi tomonidan davlat soliq xizmati organining kameral nazorat natijalariga doir talabnomasiga javoban taqdim etilgan axborotning işonçliligini tasdiqlaş maqsadida uşbu axborotni örganiş zarurligi mavzuli ekspress-örganişni tayinlaş uçun asos böladi.

Mavzuli ekspress-örganişlarni tayinlaş mezonlari quyidagilardan iborat:

soliq va bojxona imtiyozlarini qöllaşning qonuniyligi;

ustav fondida (ustav kapitalida) davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan xöjalik yurituvçi sub'yektlar tomonidan sof foyda töğrisidagi hisobotlardagi hamda dividendlarni hisoblaşdagi, şuningdek davlat unitar korxonalari tomonidan sof foydani hamda sof foydaning 30 foizi miqdorida Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyetiga ajratmalarni aniqlaşdagi davlat soliq xizmati organlaridagi xöjalik yurituvçi sub'yektning faoliyati töğrisidagi boşqa mavjud ma'lumotlar bilan tafovutlar;

olingan va realizatsiya qilingan tovar-moddiy qimmatliklar, bajarilgan işlarning va körsatilgan xizmatlar hajmlarining, nomenklaturasining (assortimentining) va summalarining kameral nazorat natijasida soliq tölovçining bank hisobvaraqlari böyiça pul mablağlari harakati tahlili çoğida aniqlangan nomutanosibligi;

soliq töğrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq zimmasiga axborot taqdim etiş majburiyati yuklatilgan organlar va taşkilotlardan davlat soliq xizmati organlariga kelib tuşgan axborot böyiça aniqlangan tafovutlar hamda çetga çiqişlar;

valyuta töğrisidagi qonun hujjatlari sohasida aniqlangan qoidabuzarliklar, şu jumladan taşqi savdo kontraktlari böyiça import va eksport qilinayotgan tovarlar (işlar, xizmatlar) narxlarining oşirib yuborilişi va kamaytirilişi.