Özbekiston Respublikasi prezidenti “Soliq va byudjyet siyosatining 2019 yilga möljallangan asosiy yönalişlari qabul qilinganligi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunni imzoladi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 86-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etildi:
«Soliq tekşiruvlari quyidagi turlarga bölinadi:
tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyatini tekşirişlarni muvofiqlaştiriş böyiça vakolatli organ bilan kelişuvga köra ötkaziladigan tekşiruvlar;
tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyatini tekşirişlarni muvofiqlaştiriş böyiça vakolatli organni xabardor qiliş tartibida ötkaziladigan tekşiruvlar.
Tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyatini tekşirişlarni muvofiqlaştiriş böyiça vakolatli organ bilan kelişuvga köra ötkaziladigan tekşiruvlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
soliq tölovçining moliya-xöjalik faoliyatini tekşiriş (taftiş);
jismoniy va yuridik şaxslarning qonun hujjatlari buzilişi faktlari töğrisidagi murojaatlari asosida ötkaziladigan tekşiriş yoki tavakkalçilikni tahlil etiş natijalarining yakunlari böyiça davlat soliq xizmati organlari taşabbusiga köra tekşiriş.
Tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyatini tekşirişlarni muvofiqlaştiriş böyiça vakolatli organni xabardor qiliş tartibida ötkaziladigan tekşiruvlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
yuridik şaxs tugatilişi munosabati bilan ötkaziladigan tekşiriş hamda faoliyati tugatilayotganda yagona soliq tölovini tölovçi bölgan yakka tartibdagi tadbirkorni tekşiriş;
tegişli ruxsatnomalarsiz alkogol va tamaki mahsulotlarining işlab çiqarilişi yoki realizatsiya qilinişini tekşiriş;
qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasi mavjud bölmagan alkogol va tamaki mahsulotlari işlab çiqarilişini yoki realizatsiya qilinişini tekşiriş;
taqiqlangan tovarlar (xizmatlar) işlab çiqarilişi va realizatsiya qilinişi faktlariga barham beriş böyiça tekşiriş;
öz faoliyatini rasman töxtatib turgan davr mobaynida yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oşirişni davom ettirayotgan jismoniy şaxsning faoliyatini tekşiriş.
Notijorat taşkilotlarini, Özbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyatini amalga oşirayotgan Özbekiston Respublikasi norezidentlarini, şuningdek çet el yuridik şaxslarining vakolatxonalari hamda filiallarini uşbu modda ikkinçi qismining ikkinçi va uçinçi xatboşilarida körsatilgan tekşirişlar Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oşiriladi».












