Xorijliklar O‘zbekistonga qanday maqsadlarda tashrif buyurmoqda? 2018 yil statistikasi
2018 yilda O‘zbekistonga tashrif buyurganlarning 39,4 foizini qarindosh-urug‘lar va tanish-bilishlarining oldiga kelgan xorij fuqarolari tashkil qilgan. Ikkinchi eng yirik respondentlar segmenti 33,6 foizdan iborat bo‘lib, ularning mamlakatimizga kelishdan maqsadi mehnat ta'tilini mazmunli o‘tkazish va dam olish bo‘lgan. Keyingi o‘rinni O‘zbekistonga biznes va professional maqsadlarda tashrif buyurganlar egallagan – 9,1 foiz. 5,7 foiz respondent davolanish va sog‘lomlashtirish maqsadida kelganini ma'lum qilgan. Shopping, ya'ni xaridlarni amalga oshirish maqsadida tashrif buyurganlar esa 5,4 foizni tashkil qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Axborot-tahlil markazi tomonidan tuzilgan statistik hisobotlar jamlangan “Turizmning oq kitobi 2018”da shu haqida ma'lum qilingan.
Ta'kidlash joizki, O‘zbekistonga qarindoshlari va tanishlarinikiga keladiganlarning aksariyatini qo‘shni mamlakatlar fuqarolari tashkil qiladi: Qozog‘iston (26,6 foiz), Tojikiston (20,2 foiz), Qirg‘iziston (19,2 foiz), Turkmaniston (16,1 foiz). Ushbu kontekstda Rossiya fuqarolari ham salmoqli o‘rinni egallagan – 15,1 foiz. Umuman olganda, O‘zbekistonga qarindoshlar va tanishlarinikiga tashrif buyurgan respondentlar orasida qo‘shni mamlakatlar fuqarolari 97 foizni tashkil qilgan.
O‘zbekistonga mehnat ta'tilini mazmunli o‘tkazish va dam olish uchun tashrif buyurganlar ko‘rsatkichi esa quyidagicha: Qozog‘iston fuqarolari – 17,2 foiz, RF fuqarolari – 10,4 foiz, Qirg‘iziston – 8,5 foiz, Xitoy – 7,7 foiz,Turkmaniston – 6,8 foiz, Fransiya – 5,9 foiz, Tojikiston – 5,8 foiz, Hindiston – 5,7 foiz, Italiya fuqarolari – 4,9 foiz.
Ma'lumotlarga ko‘ra, uzoq xorijiy mamlakatlar fuqarolarining aksariyati O‘zbekistonga dam olish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashrif buyuradi. Masalan, Honkong fuqarolarining barchasi mamlakatimizga dam olish uchun kelganini ma'lum qilgan. Qolgan mamlakatlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar quyidagicha: Avstraliya – 89,4 foiz, Niderlandiya – 87,1 foiz, Italiya – 86,3 foiz, Fransiya – 85,1 foizni, Buyuk Britaniya – 84,9 foiz, Germaniya – 80,2 foiz, AQSh – 78,2 foiz, Xitoy – 75 foiz, Janubiy Koreya – 70,3 foiz.
Shuningdek, O‘zbekistonga ziyorat turizmi maqsadida kelganlar ham alohida qiziqish uyg‘otadi. Ziyorat turizmi bo‘yicha O‘zbekistonga tashrif buyurganlarning aksariyatini Turkmaniston fuqarolari tashkil qilgan – 33,9 foiz. Umuman olganda esa mazkur yo‘nalishda Markaziy Osiyo mamlakatlari (Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston) va RF fuqarolari umumiy ko‘rsatkichning 65,1 foizini tashkil qiladi. Osiyo-Tinch okeani mamlakatlari respondentlari – 15,6 foizni, Yevropa fuqarolari – 12,8 foizni va Yaqin Sharq mamlakatlaridan kelganlar 6,4 foizni qayd etgan.
Tavsiya etamiz
Amerika migrantlarni quvmoqda, Isroil yangi hujum boshlamoqchi - hafta dayjesti
Jahon | 13:44 / 26.01.2025
Toshkentda yana bir avtosalon egasi qamoqqa olindi
O‘zbekiston | 19:54 / 24.01.2025
Daniya, AQSh yoki mustaqillik: Grenlandiya "kimniki?"
Jahon | 17:40 / 24.01.2025
2025 yilgi global xatarlar qaysi? Jahon iqtisodiy forumi hisoboti
Iqtisodiyot | 21:23 / 23.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp migrantlar to‘la samolyotlarni qabul qilmagan Kolumbiyaga sanksiya joriy qildi
Jahon | 01:22
-
Surxondaryoda pora bilan ushlangan hokim yordamchisiga hukm o‘qildi
O‘zbekiston | 00:41
-
Belarusda saylov uchastkalari yopildi, ekzit-poll Lukashenko g‘alabasini ko‘rsatmoqda
Jahon | 00:20
-
Kolumbiya migrantlarga to‘la AQSh samolyotlarini o‘z hududiga kiritmadi
Jahon | 00:00
Mavzuga oid
10:32 / 25.01.2025
O‘zbekiston aholisi soni 37,5 milliondan oshdi
13:35 / 21.01.2025
Statistika agentligini salkam 8 yil boshqargan Bahodir Begalov lavozimidan ozod etildi
15:40 / 18.01.2025
Salkam 50 ming nafar o‘zbekistonlik qarindoshini yo‘qlash maqsadida Turkiyaga borgan
19:50 / 08.01.2025