2018 yil 25 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Unda deputatlar mamlakatda ijtimoiy, iqtisodiy, sud-huquq tizimida amalga oşirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta'minlaşga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini körib çiqdilar.
Majlisda deputatlar «Şaxsiy ma'lumotlar töğrisida»gi qonun loyihasini muhokama qilişdi, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi matbuot xizmati.
Raqamli texnologiyalar davrida fuqarolarning asosiy huquqlarini qöşimça mustahkamlaşga qaratilgan muhim huquqlarni ta'minlaşni nazarda tutuvçi uşbu qonun loyihasi şaxsiy ma'lumotlar bilan işlaş iştirokçilarining örnatilgan me'yor va qoidalarga rioya etişini ta'minlaş, fuqarolarga öz şaxsiy ma'lumotlari ustidan nazorat qiliş böyiça keng imkoniyatlar yaratişga yordam beradi.
Şuningdek, şaxsiy ma'lumotlarni xalqaro uzatişini soddalaştiradi hamda qayerda qayta işlanişidan qat'i nazar, fuqarolar ma'lumotlari himoyasini ta'minlaş kafolatlarini yaratadi.
Fuqarolarga zarar keltirişi mumkin bölgan, şu jumladan, ularning şaxsiy hayoti daxlsizligi böyiça huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilişining oldini olişga kömaklaşadi.
Muhokamalar çoğida deputatlar Özbekiston tarixida insonning şaxsiy hayot daxlsizligini muhofazalaş borasida yangi bosqiçni boşlab beradigan uşbu qonun loyihasi muhim va zarur hujjat bölişini ta'kidladilar. Ammo u söz va fikr erkinligi çeklanişiga olib kelmasligi zarurligini qayd etdilar.













