O‘zbekiston | 14:32 / 26.12.2018
23017
2 daqiqa o‘qiladi

Ichki ishlar organlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonda ichki ishlar organlarining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat burchini bajarishga to‘sqinlik qilganligi uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 24 dekabrda tasdiqlangan - 2019 yilda O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta'minlash “Yo‘l xaritasi”da aytiladi.

Hujjat bilan quyidagilarni inobatga olgan holda ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha prezident qarori loyihasi tayyorlanadi:

- terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta'minlash jarayonida halok bo‘lgan yoki jarohat olib nogiron bo‘lib qolgan xodimlarning farzandlarini respublikadagi oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarisiz qabul qilish tartibini joriy etish;

- respublikadagi oliy o‘quv yurtlariga kirishda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatda yuqori natijalarga erishgan xodimlarning farzandlariga imtiyozlar (qabul kvotalari) berish;

- ichki ishlar organlarining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat burchini bajarishga to‘sqinlik qilganligi uchun javobgarlikni kuchaytirish.

Amalga oshirish muddati - 2019 yil yanvar. Mas'ul ijrochilar - IIV (Xatamov), OTV (Majidov), Moliya vazirligi (Haydarov).

Mavzuga oid