Indoneziyaning Lion Air aviakompaniyasining yangi Boeing 737 Max samolyotining halokatiga tezlik datçigining notöğri sozlangani sabab bölgan bölişi mumkin. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga iqtibos keltirgan holda ma'lum qildi. Samolyot oktyabrda halokatga uçragandi.

Manbalarning ma'lum qilişiça, halokatdan ikki kun avval mexaniklar samolyotga yangi tezlik datçigini örnatişgan. Biroq uning sozlanişi notöğri amalga oşirilgan bölişi mumkin. Datçik bort kompyuteriga samolyot tumşuğining ufq çiziğiga nisbatan holati haqidagi ma'lumotlarni uzatadi.   

Boeing havoga kötarilgandan keyin datçikdan notöğri ma'lumotlar uzatila boşlangan. Bu esa halokatga olib kelgan bir qator hodisalarga turtki bölgan bölişi mumkin. Tergovçilarning fikriça, datçikning notöğri sozlangani samolyot şönğimasligi uçun uning tumşuğini töğrilaşga harakat qiluvçi avtomatik yordamçi tizimning öçirilişiga olib kelgan. Halokat oldidan uçuvçilar tizimning buyruqlariga xalaqit qiliş uçun zarur qadamlarni amalga oşirişga 20 martaga yaqin harakat qilişgan.

Biroq Lion Air egalaridan biri Rusdi Kirana tezlik datçigi töğri sozlangan bölganini aytgan. Halokatning tergovi yana bir neça oy vaqt oladi.