Yaqinda Qoraqalpoğiston Respublikasi Şumanay tumani Begjap OFY hududida şaqallar qişloqda yaşovçilarga taşlangan. Fuqaro Yusup Qurbanov va Anvar Joldasbayevga şaqal taşlanib, tişlab olgan. Natijada ikki fuqaro hozirda Şumanay tumani tibbiyot birlaşmasida quturiş kasalligiga qarşi davolanmoqda. Bu haqda Makan naşri xabar berdi.

Kar24 saytining xabar berişiça, yuqoridagi ikki kişidan taşqari Şumanay tumanidagi Qarabayli OFYda quturgan şaqal qişloqda yaşovçi ayolga taşlanib, tişlab olgan. Ayol zudlik bilan kasalxonaga yetkazilgan. Tekşiriş natijasida şaqal quturganligi aniqlangan. Bu haqda Şumanay tumani hokimining örinbosari ma'lumot bergan.

Ma'lumotda aytilişiça, tuman hokimiyati ovçilar guruhini tuzib, quturgan şaqallarni otişni topşirgan. Bundan taşqari, agar kimda-kim şaqalni otib öldirsa 50 ming söm va'da qilingan. 

Qöşimça ma'lumot, ötgan yili Şumanay tumani Döstlik bayroği va Dehqonobod OFYlarda bir guruh bolalarni qaşqirlar talagandi.

Makan xabariga köra, şaqallar uy hayvonlari – tovuqlar, qöy-eçkilarga tez-tez hujum qilişmoqda.
 
Bu böyiça hali heç qanday rasmiy ma'lumot berilgani yöq.