«O‘qituvchining maqomi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjatda 2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi ham bor.
Dasturga ko‘ra, “O‘qituvchining maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi PQ–3931-son qarori bilan tasdiqlangan 2018 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha
chora-tadbirlar dasturining 1-bandida nazarda tutilgan.
Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi:
- o‘qituvchi maqomi, pedagogik faoliyatining prinsiplarini aniqlashtirish;
- o‘qituvchilar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
- o‘qituvchi sha'ni va qadr-qimmati kafolatlari, shu jumladan o‘qituvchilarni ularning professional faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilishni, shu jumladan aybdor shaxslarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish orqali taqiqlash;
- ijtimoiy ta'minot va individual pedagogik faoliyat huquqini belgilash;
- o‘z professional huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida o‘qituvchilarni uyushma (ittifoq) va boshqa tashkilotlarga birlashish huquqini belgilash.
Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas'ul ijrochilar - Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi.
Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2019 yil yanvar, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2019 yil fevral.
Tavsiya etamiz
Amerika migrantlarni quvmoqda, Isroil yangi hujum boshlamoqchi - hafta dayjesti
Jahon | 13:44 / 26.01.2025
Toshkentda yana bir avtosalon egasi qamoqqa olindi
O‘zbekiston | 19:54 / 24.01.2025
Daniya, AQSh yoki mustaqillik: Grenlandiya "kimniki?"
Jahon | 17:40 / 24.01.2025
2025 yilgi global xatarlar qaysi? Jahon iqtisodiy forumi hisoboti
Iqtisodiyot | 21:23 / 23.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp migrantlar to‘la samolyotlarni qabul qilmagan Kolumbiyaga sanksiya joriy qildi
Jahon | 01:22
-
Surxondaryoda pora bilan ushlangan hokim yordamchisiga hukm o‘qildi
O‘zbekiston | 00:41
-
Belarusda saylov uchastkalari yopildi, ekzit-poll Lukashenko g‘alabasini ko‘rsatmoqda
Jahon | 00:20
-
Kolumbiya migrantlarga to‘la AQSh samolyotlarini o‘z hududiga kiritmadi
Jahon | 00:00
Mavzuga oid
16:45 / 13.01.2025
50 foizlik ustama o‘zbek tili o‘qituvchilariga berilmaydi – ustozlar buni “adolatsizlik” deb atayapti
21:15 / 11.01.2025
Andijonda maktab o‘qituvchisidan farzandiga baho qo‘yishni talab qilgan ota-ona jarimaga tortildi
16:06 / 11.12.2024
Forishda 64 yoshli erkak o‘qituvchi voyaga yetmagan o‘quvchi qizga shilqimlik qildi
16:40 / 25.11.2024